Futbol bo'yicha JCh—2022 musobaqasi taqvimi e'lon qilindi

0

Futbol bo'yicha 2022 yili Qatar maydonlarida bo'lib o'tadigan Jahon Chempionati taqvimi tasdiqlandi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati ma'lum qildi.

Musobaqa 2022 yilning 21 noyabrida boshlanib, 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi.

Ochilish o'yini 21 noyabr kuni 60 ming tomoshabinga mo'ljallangan al-Haur shahridagi «Al-Bayt» stadionida bo'lib o'tadi.

Guruh bosqichida kuniga to'rtta o'yin o'tkaziladi (Toshkent vaqti bilan — 15:00, 18:00, 21:00 va 00:00) va guruh o'yinlari 2 dekabrga qadar davom etadi. Ertasi kunidan esa 1/8 final bahslari boshlanadi va 6 dekabrga qadar davom etadi. 9—10 dekabrda chorak final o'yinlari bo'lib o'tsa, 13—14 dekabrda yarim final bahslari o'tkaziladi.

Final esa 18 dekabr kuni 80 ming sig'imga ega «Lusail» o'yingohida o'tadi. Uchinchi o'rin uchun bahs esa Dohadagi «Xalifa» stadionida (45 ming) bo'lib o'tadi.

Yanada ko'proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo'lishni istasangiz, «Daryo»ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo'ling!
O'zbekiston va jahon yangiliklari bilan Telegram orqali tanishing!

loading...