3 oylik bolasini 5 ming AQSh dollariga pullamoqchi bo'lgan toshbag'ir ona

0

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 21 yoshli Natalya F. o'zining 3 oylik bolasini 5 ming AQSh dollariga sotayotganida qo'lga tushdi.

Noma'lum ayol bu noqonuniy savdo haqida Toshkent shahar IIBBga murojaat qilgach, Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari prokuratura xodimlari bilan birgalikda tezkor tadbirlar ishlab chiqib, ularni amalga oshirdilar. Natijada Natalya F. u bilan birga yashovchi 24 yoshli Aleksandr Z. chaqaloq evaziga pul olayotganlarida qo'lga olindilar.

To'plangan materiallar qonuniy choralar ko'rilishi uchun Yunusobod tumani prokuraturasiga topshirildi.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

loading...