DOLLAR DUNYo VALYuTASI MAQOMINI YO'QOTIShI MUMKIN…

0

 

Goldman Sachs bahorda o'z mijozlariga yopiq maslahatlarda dollardan voz kechib oltin va bitkoin sotib olishni maslahat bergan edi. Endi bo'lsa bank ushbu ma'lumotni keng auditoriyaga tarqatmoqda.

O'zining kuchli siyosiy ta'siri bilan tanilgan, dunyoning ko'plab mamlakatlariga sobiq xodimlaridan yuqori lavozimli amaldorlar “etkazib bergan”, Amerikaning eng yirik banklaridan biri, yaqinda vahimali bayonot bilan chiqdi: dollar dunyoning bosh valyutasi sifatida kuni bitishi mumkin.

Yana bir amerikalik moliya axborot agentligi Bloomberg, dushanba kuni Goldman Sachs xavotirlariga qo'shilgan holda, AQShdagi inflyatsiya kuchayishidan xavotirda ekanini va dollar dunyo valyutasi maqomini yo'qotishi mumkinligini aytib chiqdi.

loading...