QIRG'IZISTON TURMASIDA VAFOT ETGAN O'ZBEK VATANDA DAFN ETILDI…

0

 

Qirg'iziston qamoqxonasida olamdan o'tgan inson huquqlari faoli Azimjon Asqarov 31 iyul kuni, o'z vasiyatiga binoan O'zbekistonda dafn etildi.

Marhumning janozasi Toshkent viloyati Yangibozor qishlog'ida bo'lib o'tdi.

Azimjon Asqarovning tobuti juma kuni tushga yaqin marhumning bevasi Hadicha Asqarova hamrohligida O'shdagi «Do'stlik» chegara-o'tish nuqtasi orqali O'zbekistonga keltirilgan.

30 iyul kuni O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qirg'iz tomoni bilan o'tkazilgan maslahatlashuvlar natijasida marhum yaqinlarining iltimosini qondirishga kelishilganini ma'lum qilgan.

Asqarovning yaqinlari Qirg'izistonda uning qabri toptalishi ehtimolidan xavotir bildirishgan.

 

 

Umrbod qamoq va qamoqda poyoniga yetgan umr

 

 

69 yoshli Azimjon Asqarov 25 iyul kuni Bishkekdagi 47- sonli jazoni ijro etish muassasasida vafot etgan.

Tibbiy xulosada o'lim «o'pkaning to'liq ikki tomonlama zotiljamga uchragani» natijasida yuzaga kelgani aytilgan.

Avvalroq Asqarovning advokati va qirg'izistonlik huquq faollari hukumatga murojaat qilib, sog'ligi yomonlashgan mahkumni zudlik bilan ozod etishga chaqirishgandi.

Advokat va faollarning talablariga qaramasdan, mahbus ozod etilmadi, koronavirusga qarshi muolajalar belgilanmadi.

 

loading...