143-O'LIM. TOShKENT ShAHRIDA YaNA BIR AYoL KORONAVIRUSDAN O'LIM TOPDI…

0

 

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 67 yoshli M. T. (ayol) da 12 iyul kunidan tana harorati ko'tarilgan, uy sharoitida davo muolajalarini olgan.

20 iyul kuni esa nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayib, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga «COVID-19» infeksiyasining o'ta og'ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo'yilgan. Xastalik o'tkir respirator distress sindromi, o'tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Bemorda yurak ishemik kasalligi, zo'riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya, semizlikning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham bo'lgan. Bemor o'tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Sog'liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

 

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here