Aktrisa Shahzoda Muhammedova qaynonasi bilan (foto)

0

Shahzoda Muhammedova qaynonasi bilan birga tushgan suratini muxlislarga taqdim etdi.

“Yonimdagi ayol 8 ta farzandni dunyoga keltirgan, «brilliant» kabi bebaho ayol, qaynona oyijonim bo'ladilar.

Mening kelinlik qarindoshlarimda 6 ta qaynopam va bitta qaynukam bor… Hozir yozganimni o'qiganlar “voybo'!” degan bo'lishi aniq. Qaynopalarim hammasi turmushga chiqqan, farzandli, oilali baxtli ayollar. Qaynukamni esa, xudo xohlasa, yaqinda uylantiramiz. Aytgancha, yonimdagi qiz mening jiyanim, ya'ni Marat Xayrullayevichning eng katta opalarining to'ng'ich farzandi”, deb yozdi u “Instagram” sahifasida.

loading...