O'zbekistonda bir kechada 295 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

0

🔺 2020 yil 1 avgust soat 10.00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 24304 (+295) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 191 nafari Toshkent shahrida, 53 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Qashqadaryo viloyatida, 16 nafari Sirdaryo viloyatida, 13 nafari Farg'ona viloyatida hamda 4 nafar Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

❗️Ayni paytda yurtimizda 14464 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog'aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 9697 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 594 nafari og'ir, 197 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

loading...