«Koronavirus ham, insult ham emas». Ruslan Sharipovning qanday kasallik bilan vafot etganiga oydinlik kiritildi (video)

0

Avvalroq O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ruslan Sharipov olamdan o'tgani haqida xabar berilgan edi. Xonandaning do'stlari «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida Ruslan Sharipovni xotirlab, internet tarmoqlarida tarqalgan «koronavirusdan o'ldi, insult bo'libdi», mazmunidagi fikrlarga munosabatini bildirdi.

«Ruslan aka umrining oxirgi kunlarida uylarida edilar. Ko'chaga ham unaqa ko'p chiqmas edilar. Asosan telefonda gaplashardik, haftada 2-3 marta uylariga borib, ko'rishib turardik.

Ijtimoiy tarmoqlarda o'tiramiz, «Instagram», «Facebook», «Telegram»larda ular haqida har xil negativ fikrlar yuribdi. Ularni yaqindan bilganim uchun, unday emas, u fikrlar bo'lmagan gap deb bemalol ayta olaman.

Ular infarkt kasali bilan vafot etdilar. Shifokorlar bergan xulosa telefonimda turibdi, xohlasangiz, ko'rsatishim ham mumkin. «Doridan o'lib qolibdi, alkogoldan o'libdi» degan gaplar hammasi bekor.

Sanjar Abduyusupov,

Ruslan Sharipovning tutingan ukasi».

Ma'lumot uchun, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ruslan Sharipov 1966 yil 10 sentyabrda Samarqand shahrida tug'ilgan. Ruslan Sharipov «Bolalar», «Bayt», «Original», «Sado», «Eski shahar», «O'zbek sistem», «Shahzod», «Al vakil», «Setora», «Yalla», «Bonu», «Laylo», «Xo'ja», O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, Nargiz Zokirova, Ravshan Sobirov, Avaz Olimov, Dildora Niyozova singari ko'plab musiqiy jamoa va san'atkorlarning mega xit taronalari muallifi hisoblanadi.

loading...