Inson vafot etgach, ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti taqdiri ne kechadi?..

0

Ijtimoiy tarmoqlar tez sur'atlarda o'sib borayotganini hisobga olsak, yaqin o'n yilliklarda vafot etganlarning sahifalari soni tirik odamlar sahifalaridan oshib ketishi ro'y berishi mumkin, deb yozmoqda «sputniknews-uz.com».

Shu bilan birga, o'tib ketgan odamning sahifasi ko'pincha uning qarindoshlari va do'stlari uchun ziyorat ob'yekti bo'lib qoladi. Buni tushungan holda yirik kompaniyalar marhumlarning sahifalari uchun turli xil choralarni taklif qilmoqdalar, dedi «Praym» agentligiga bergan ma'lumotida «Roskachestvo» raqamli ekspertiza markazi rahbari Anton Kukanov.

«Misol uchun, «Facebook» foydalanuvchilarga sahifaga kirish huquqini meros qilib beriladigan ishonchli shaxsni tanlashga va uning hayoti davomida vidolashuv xabarini yozishga imkon beradi (marhumning sahifasi ismi yonida «Remembering» xotira maqomi paydo bo'ladi). Hujjatlarni ko'rsatish orqali oila a'zosi ham merosxo'rga aylanishi mumkin. Shuningdek, marhumning qarindoshlarining iltimosiga ko'ra shaxsning sahifasini butunlay yo'q qilish mumkin», – deydi ekspert.

loading...