LIVAN POYTAXTIDA KUChLI PORTLASh YuZ BERDI. O'NDAN ORTIQ ODAM HALOK BO'LDI… (VIDEO)

0

 

Aytishlaricha, Livan poytaxti Beyrut shahridagi portda joylashgan pirotexnika omborida kuchli portlash yuz bergan. Oqibatda yuzlab odamlar og'ir yaralangan. Jami o'n kishi o'lim topgan.

Portlash yaqin atrofdagi uylar va binolarni, jumladan, Qozog'iston elchixonasi binosini ham yer bilan yakson qilgan.

Ayni paytlarda yaralanganlar kasalxonalarga sig'masligi tufayli qonga botgan holda polda yotishga majbur bo'lmoqda.

Qarangki, «qo'rqqan oldin musht ko'tarar», deganlaridek, Isroil hukumati favqulodda ushbu portlashga aloqasi yo'qligini bayon qilgan.

Ertaga Livanda motam kuni e'lon qilinadi.

Hozir ham qutqaruvchilar otryadlari vayronalar ostida qolib ketgan jasadlarni izlash bilan band. Demak, qurbonlar soni ortishi ehtimoldan xoli emas.

 

 

loading...