Nobel mukofotini olishdan bosh tortgan alloma

0

Hindistonlik olim Inoyatulloh Mashriqiy 18-19 yoshlarida matematika fani bo'yicha magistrlik diplomiga ega bo'ladi.

Olim 30 yoshga yetganda, Qur'oni Karimni aniq va tabiiy fanlardan foydalanib tafsir qilishga kirishadi va oxiriga yetkazadi. Ishni bitirgach, Nobel mukofotini berish bo'yicha hay'at uni ham Nobel mukofotiga nomzodlar ro'yxatiga kiritadi. Mukofotni berish uchun yozgan ilmiy ishini ingliz yoki fransuz tiliga tarjima qilishini shart qilib qo'yishadi. U tafsirni urdu tilida amalga oshirgan edi. Olim hay'atning shartini eshitgach, «Urdu tilini hurmat qilmaydigan mukofotni olishni istamayman» deya uni olishdan bosh tortadi.

Ana shunday qilib alloma Inoyatulloh qadriyatlarini qadrlamaydigan mukofotni olishdan bosh tortgan edi.
———
Ma'lumot o'rnida: Alloma Inoyatulloh Mashriqiy 1888 yilda Hindistonning Amritsar shahrida tug'ilib, 1963 yilda Pokistonning Laxor shahrida vafot etgan.

U Islom olimi, matematik va siyosatshunos hisoblanadi.

Nozimjon Hoshimjon

loading...