Imom Molikning imom Shofe'iyga maktubi: «Farzning farzi nima? Farz nima bilan to'liq bo'ladi?»

0

Imom Molik rohimahulloh imom Shofe'iy rohimahullohga maktub yozdi: «Farz haqida nima deysiz? Farzning farzi nima? Farz nima bilan to'liq bo'ladi? Farz bo'lmagan namoz qaysi namoz? Osmon bilan yerning o'rtasidagi namoz qaysi namoz?»
Imom Shofe'iy rohimahulloh shunday javob yozdi: «Farz degani besh mahal namozdir. Farzning farzi esa tahoratdir. Farz Nabiy sollallohu alayhi vassallamga salavot aytish bilan to'liq bo'ladi. Farz bo'lmagan namoz balog'atga yetmagan bolaning namozidir. Tark qilinishi farz bo'lgan namoz esa mast kishining namozidir. Osmon bilan yerning o'rtasidagi namoz esa Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vassallamning me'roj kechasi o'qigan namozlaridir».

@hadis_hikmat

loading...