Isitmani tushiruvchi meva va sabzavotlar

0

«Facebook»dagi «Agrobloger» sahifasida isitmani tushiruvchi meva va sabzavotlar haqida ma'lumot berildi.

1. Rezavor mevalar. O'rmon mevalari: yertut, malina, brusnika va qorag'at bu borada eng muhim vosita hisoblanadi.

2. Mevalar, ayniqsa, sitrusli – limon va apelsin. Bu mevalar C vitaminiga boy bo'lgani uchun ham shamollash davrida ko'proq yeyish tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, olma, nok va olxo'rilar ham juda foydali mevalar hisoblanadi.

3. Sabzavotlar. Sabzi va karam sharbati, boshpiyoz va sarimsoq nastoykasi haroratni tushirishda katta yordam beradi.

4. Dorivor o'tlar. Malina va smorodina barglari, chakanda (oblepixa) butog'i va barglari, moychechak va lipa gullari ham haroratni tushirishda yordam beradi.

5. Asal – terlatuvchi, immunitetni mustahkamlovchi va antibakterial xususiyatga ega bo'lgani uchun ham haroratni tushiruvchi hisoblanadi.

loading...