Saakashvili Gruziya mamlakat sifatida jahon radarlaridan yo'qolib ketishini aytdi

0

Mixail Saakashvili Gruziyani 2013 yilda tark etgandi. Unga nisbatan bir nechta jinoyat ishlari qo'zg'atilgan.

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili TV Pirveli telekanaliga bergan intervyusida Gruziya xalqaro radarlardan yo'qolib ketishini aytdi.

“Men Yevropadagi har qanday katta mamlakatning bosh vazirligiga nomzod bo'lishim mumkin. Ukraina matbuotini o'rganib bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Men Ukrainada juda muhim vazifalarni olib boruvchiman. Ammo biz bu haqda emas, balki Gruziya mamlakat sifatida yo'qolib ketishi haqida gaplashishimiz kerak. («Gruzinskaya mechta» partiyasi asoschisi) Ivanishvili mening nomim jahon radarlaridan o'chib ketishini istagandi. Men jahon radarlarida turibman, Gruziya esa yo'q”, dedi u,

Mixail Saakashvili Gruziyani 2013 yilda tark etgandi. Unga nisbatan bir nechta jinoyat ishlari qo'zg'atilgan.

2015 yilda Saakashvili Ukrainaning Odessa oblasti gubernatori etib tayinlangan. 2017 yilda Pyotr Poroshenko uni Ukraina fuqaroligidan mahrum qilgandi.

Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy 2019 yilda unga Ukraina fuqaroligini qaytarib berdi. Saakashvili martda Ukraina islohotlar milliy kengashi ijroiya qo'mitasi rahbari etib tayinlangan.

loading...