Sirdaryoda «Yog'och» operatsiyasi fosh etildi

0

Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona postiga qo'shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro K.T. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi o'rnatilgan tartibda tarozi va inspeksion ko'rik majmuasi yordamida bojxona ko'rigidan o'tkazildi.

Natijada, avtomashinada hujjatlarda ko'rsatilmagan, umumiy qiymati 31,5 million so'mlik 262 dona  yog'och mahsulotlari ortilganligi aniqlandi.

Yana bir holatda, mazkur postga kirib kelgan, fuqaro A.Sh. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasiga ortilgan yuklar tarozida o'lchanganida, hujjatlarda ko'rsatilgan vaznga to'g'ri kelmasligi bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu avtomashina ham bojxona ko'rigidan o'tkazildi.

Natijada, avtomashinada umumiy qiymati 33,5 million so'mlik 305 dona yog'och mahsulotlari yurtimizga yashirincha olib kelinayotganligi fosh bo'ldi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

loading...