“Tez yordam” loyihasi: yurak nuqsoni bor bemorlarda koronavirusni qanday davolash mumkin?

0

Bu savolga “Milliy” telekanalida efirga uzatilgan “Tez yordam” ko'rsatuvida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Yurak-qon tomir jarrohligi bo'limi mudiri Abdusalom Abdurahmonov quyidagicha javob berdi:

– Yurak nuqsoni bor bemorlarda koronavirus aniqlangan taqdirda osma ukol olish mumkin emas. Ular kardiologlar nazoratidan o'tgan holda koronavirusga qarshi davolanishi kerak. Shuningdek, qo'shimcha ravishda peshob haydovchi dorilar iste'mol qilishi lozim. Ayrim yurak kasalligi bilan og'rigan bemorlar yurak klapanini almashtirish kabi operatsiyalarni boshdan kechirgan bo'ladi. Bu bemorlar odatda qonni suyultiradigan dorilar, jumladan, varfarin dori vositasini iste'mol qiladi. Agarda bu bemorlar virus sabab shifoxonada davolanishni davom ettirsa varfarin o'rniga geparin yoki fraksiparin qabul qilishi mumkin. Qon ko'rsatkichlari esa doimiy nazoratga olinishi kerak.

Yurak kasalligini oldini olishning yagona yo'li – sog'lom turmush tarziga qat'iy amal qilish. Jumladan, ichmaslik, chekmaslik, to'g'ri ovqatlanish va yugurish, agarda yugurishning iloji bo'lmasa ko'proq yurishga harakat qilish muhim.

O'zA

loading...