Video: Halok bo'lgan bolasini besh kundan beri ko'tarib yurgan maymun

0

Hindistonning Kendujhar shahrida (Orissa shtati) maymun halok bo'lgan bolasini bag'riga bosganicha bir necha kun tentirab yurdi. Maymunning yo'ldagi harakatlari aks etgan videoga Kalinga TV telekompaniyasi e'tibor qaratgan.

Internetda tarqalgan videodan ko'rish mumkinki, maymun halok bo'lgan bolasini bag'riga bosib yuribdi. Mahalliy aholining so'zlariga ko'ra, maymun bolasini avtomobil bosib ketgan.

Guvohlarning ta'kidlashicha, ona maymun o'z bolasini kamida besh kundan buyon shu holda ko'tarib yuribdi.

loading...