APL 2019/20 yilgi mavsumining eng yaxshi yosh o'yinchisi nomiga da'vogarlar e'lon qilindi

0

Angliya Premyer Ligasi 2019/20 yilgi mavsumning eng yaxshi yosh o'yinchisi nomiga da'vogarlar ro'yxatini ma'lum qildi.

E'tiborlisi, undan «Manchester Yunayted»ning to'rt nafar o'yinchisi o'rin oldi. Shuningdek, «Chelsi»ning ikki nafar a'zosi ham da'vogarlar qatorida. Chempion «Liverpul»ning faqat bir nafar futbolchisi ro'yxatga kirgan bo'lsa, vitse-chempion «Manchester Siti»dan birorta ham o'yinchi yo'q

Ro'yxatdan quyidagi futbolchilar o'rin oldi:

  • Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»)
  • Jek Grilish («Aston Villa»)
  • Meyson Grinvud («Manchester Yunayted»)
  • Antoni Marsyal («Manchester Yunayted»)
  • Markus Reshford («Manchester Yunayted»)
  • Din Henderson («Sheffild Yunayted»)
  • Meyson Maunt («Chelsi»)
  • Kristian Pulishich («Chelsi»)

Eng yaxshi yosh o'yinchini tanlash muxlislar, 20 ta klub sardorlari va futbol ekspertlari bergan ovoz natijalari asosida amalga oshiriladi.

loading...