O'zbekistonda bir kechada 274 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. O'ta og'ir bemorlar soni esa 217 nafarga tushdi

0

🔺2020 yil 7 avgust soat 10:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28 809 (+274) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 130 nafari Toshkent viloyatida hamda 8 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida tana harorati ko'tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

🔴Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 39 yoshli B.S. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli L.K. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

❗️Ayni paytda yurtimizda 19 587 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog'aygan.

❗️Hozirda mamlakatimizda 9 043 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 728 nafari og'ir, 217 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

loading...