Mark Sukerbergning boyligi birinchi marta 100 milliard dollardan oshdi

0

Ma'lumotlarga ko'ra, Sukerbergdan tashqari dunyodagi atigi ikki kishi 100 milliard dollardan ko'proq boylikka ega. Bular: Amazon bosh direktori Jeff Bezos (190 milliard dollar) va Microsoft asoschisi Bill Geyts (120 milliard dollar).

Biroq Forbes ma'lumotiga ko'ra, Louis Vuitton Moët Hennessy guruhi rahbari Bernard Arnault va uning oilasi (104 milliard dollar) boyligi bo'yicha uchinchi o'rinda turibdi. Sukerberg esa to'rtinchi o'rinda qayd etilgan.

Facebook’ga tegishli bo'lgan Instagram 5 avgust kuni 15 soniyali qisqa musiqiy videolarni yaratish, nashr qilish va do'stlar bilan bo'lishish imkonini beradigan Reels xizmatini ishga tushirdi.

Ma'lumot uchun, Reels Xitoyning TikTok tarmog'iga o'xshash xizmat hisoblanadi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu mamlakat fuqarolariga Xitoy xizmatiga ega kompaniyalar bilan har qanday muomala qilishni taqiqlovchi farmonlarga imzo chekdi. Tramp, TikTok va WeChat AQShning xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyotiga tahdid soladi, deb hisoblaydi. Farmonlarga ko'ra, ilovalar josuslik qilishlari va foydalanuvchi ma'lumotlarini Xitoy hukumatiga yetkazishi mumkin.

Bloomberg nashrining ta'kidlashicha, Microsoft TikTok’ni to'liq sotib olish uchun ByteDance bilan muzokaralar olib borayotgan edi, lekin Trampning mamlakatda bu tarmoqni taqiqlash niyatida ekanidan so'ng muzokaralar vaqtincha to'xtatildi. Avvalroq, Donald Tramp, shuningdek, butun TikTok biznesini sotib olish bo'yicha taklif bilan chiqdi. ByteDance bu haqida izoh berishdan bosh tortdi va kompaniya TikTok’ning uzoq muddatli muvaffaqiyatiga ishonishini aytdi.

Bloomberg’ning yozishicha, 2020 yil yirik texnologiya kompaniyalari egalariga katta daromad olishga imkon berdi, chunki odamlar koronavirus pandemiyasi tufayli internetda ko'proq vaqt sarflashmoqda. Yil boshidan beri Sukerberg qariyb 22 milliard dollar, Bezos esa 75 milliard dollardan ko'proq daromad topgan.

loading...