Xitoyda yangi virus tarqalishi oqibatida yetti kishi vafot etgani xabar qilindi

0

Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, 60 kishi virus yuqtirgan, yetti kishi vafot etgan.

Virus tarqalishi dastlab Szyansu provinsiyasida qayd etilgan, keyinroq Anxoy provinsiyasida yashovchilarga ham virus yuqqan.

Kasallikka chalinganlardan birining aytishicha, uning simptomlari yo'tal, yuqori harorat, qonda leykotsit va trombotsitlar miqdorining kamayishi hisoblanadi.

SFTS virusi ilk bor 2011 yilda aniqlangan. U kanadan odamga, odam qoni yoki shilliq ajratmasi orqali odamdan odamga yuqishi mumkin.

loading...