“Pulingizni ximzavodning chiqindisidan tayyorlanadigan shirinliklarga sarflamang!..”

0

Modomiki, do'stlar, pandemiya yaqin orada tugamas ekan, tojdor virusga qarshi eng yaxshi dori immun tizimimiz ekan, asal iste'mol qilishni ko'paytirish zarur.

Asalning shifobaxshlik xususiyati haqida hammalaring yetarli ma'lumotga egasizlar. Men asalga oid bilganlaringni yana bir eslatmoqchiman, holos.

Demak, immun tizimimizni mustahkamlaydigan mahsulotlar orasida asal birinchi o'rinda turadi.

Asal sotib olishga pulni ayamanglar.

Mendek pensioner odam keyingi uch oyda qariyb 500 ming so'mlik asal sotib oldim, kuzgacha yana 10-15 kilo sotib olaman.

Pullaringni supermarketlardagi ximzavodning chiqindisidan tayyorlanadigan shirinliklarga sarflamanglar.

Keyingi o'ttiz yilda nopok tadbirkorlarimiz horijdan har balolarni olib kelib yedirvorishdi.

Bizga savob va gunohni, yaxshi va yomonni, oq va qorani ajratib beradigan xalqparvar ziyolilar kerak.

Ziyoli deganda TVda madhiya she'r o'qiydigan shilta shoirni yoki yolg'onchi jurnalistlarni o'ylamanglar.

Ziyoli xalqni katta xatarlardan asraydi, vatan qudratini yemiradigan illatlardan ogoh etadi.

Ziyolilar osmondagi porloq yulduzlardir, ular bizlarga to'g'ri yo'lni ko'rsatadi.

Rahimjon Rahmat

(“Facebook”dagi sahifasidan)

loading...