To'ylarga qachon ruxsat beriladi?

0

AOKA huzuridagi shtabda Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva ishtirokida brifing bo'lib o'tdi. Brifingda aholi murojaatlari yuzasidan savollarga javob berildi:

«Ikki o'g'limni unashtirib qo'yganman. Qachon to'y qilishga ruxsat beriladi? Qo'sh kelin tushiramiz, har ikkala qudamiz bilan kelishib, 22 avgustga to'y belgilagan edik. To'yni belgilangan sanada kattaroq qilib o'tkazsak bo'ladimi?»

«Mamlakatimizda karantin cheklovlarini o'rnatish, muddatini uzaytirish yoki bekor qilish Respublika maxsus komissiyaning qaroriga bog'liq. Vaholanki, maxsus komissiyaning 2020 yil 26 iyuldagi tegishli qaroriga asosan, 15 avgustga qadar to'y, oilaviy marosimlar va boshqa tadbirlarni o'tkazmaslik bo'yicha aniq cheklovlar keltirib o'tilgan. Mazkur cheklovlarni bekor qilish, to'y va boshqa marosimlarga ruxsat berishning aniq muddatini hamda to'ylarda qatnashuvchilar soni haqidagi qarorni Respublika maxsus komissiyasi yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda belgilaydi.

To'yni Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan ruxsat berilgandan so'ng hamda o'rnatilgan qoidalarga qat'iy amal qilgan holda o'tkazish tavsiya etiladi. Qayd etish kerakki, karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan o'rnatilgan tartibda chora ko'riladi».

@aoka_uz

loading...