Xushxabar: O'zbekistonda masjidlar bosqichma bosqich faoliyat boshlaydi

0

“Azon.uz” manbasining xabar berishicha, ayni soatlarda O'zbekiston musulmonlari idorasi yurtimizdagi barcha imom va noiblar ishtirokida videoselektor shaklida yig'ilish o'tkazmoqda. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Abdug'ofir Ahmedov ham ishtirok etmoqda.

Yig'ilishda pandemiya vaqtidagi imom xatiblar faoliyatini yanada samarador qilish, davlatimiz tomonidan imomlarga e'tibor qaratilib, 150 milliard so'm ajratilgani, yoshlarimizning tarbiyasida imomlarning o'rni va ta'siri bo'lishi zarurligi kabi mavzular muhokama qilinyapti.

Eng quvonarlisi, majlisda aytilishicha, 15 avgustdan boshlab yurtimizda masjidlar bosqichma-bosqich yana faoliyat ko'rsata boshlaydi. Bunda avvalo nimalarga e'tibor qaratilishi, karantin qoidalariga amal qilish muhimligi, ijtimoiy masofani saqlash, eng muhimi, elu yurtimiz tinchligi, koronavirus balosining tezroq ko'tarilishini so'rab duoyi xayrlar qilinishi muhimligi alohida ta'kidlandi.

Mazkur majlis tafsilotlariga yana qaytamiz…

Azon.uz

loading...