Putin o'tgan yil qancha pul ishladi?

0

Rossiyada prezident, hukumat rahbari va a'zolari o'tgan yil qancha pul topgani to'g'risidagi raqamlar e'lon qilindi. To'g'rirog'i, ularning daromadlari to'g'risidagi deklaratsiya omma e'tiboriga havola etildi.

Masalan, davlat rahbari Vladimir Putin 2019 yilda 9,7 mln. rubl ishlab olgan. 2018 yilda bu ko'rsatkich 8,6 mln. rublni tashkil etgan ekan.

Bosh vazir Mixail Mishustin o'tgan yilda 18,2 mln, 2018 yilda 18,9 mln. rubl daromad qilgan.

Rossiya hukumati a'zolari 2019 yilda umumiy olganda qariyb 1,8 mlrd. rubl ishlab topishgan.

Hukumatning sobiq rahbari, ayni paytda RF Xavfsizlik kengashi raisi o'rinbosari bo'lib ishlayotgan Dmitriy Medvedev esa 11 mln. rubl, ya'ni 2018 yildagiga nisbatan 1,1 mln. rubl ko'proq mablag' ishlab olgan.

Manba: zarnews.uz

loading...