Tarvuzdan tayyorlasa bo'ladigan 5ta noodatiy reseptlar

0

Bugun yozning eng mashhur poliz ekini – tarvuzdan tayyorlasa bo'ladigan 5ta noodatiy reseptlar bilan bo'lishamiz.  

ChILI SOUSI BILAN GRILDA PIShIRILGAN TARVUZ

alt

Masalliqlar:

2 o.q. o'simlik yog'i
1 ch.q. chili sousi
1/2 laym po'sti
1/2 laym sharbati
1 chimdim tuz
8 dona o'rtacha tarvuz bo'laklari

Tayyorlash usuli:

Idishda yog', chili sousi, laym po'stlog'i va sharbati, tuzni aralashtiring.
Tarvuz bo'laklarini protivenga pishirish uchun taxlab chiqing. Duxovka yoki grilni qizdiring. Tarvuz bo'laklarini har ikki tomoniga sous suring. Qizdirilgan gril panjarasiga bir qator qilib tarvuzlarni terib chiqing. Har bir tomonini 1-2 daqiqa davomida pishirib, ikkinchi tomonini 30 soniya pishirib oling. Ta'bga ko'ra bezating!

TARVUZLI PISSA

alt

Tarvuzning bir bo'lagini aylana shaklida kesib olamiz. Ustidan xohlagan masalliqlarimizni sepamiz: maydalangan feta pishlog'i, rayhon yaprog'i, piyoz halqalari. So'ng balzamik uksus sepamiz. Pissaga o'xshab uchburchak shakllarda kesib olamiz.

TARVUZLI YaXNA TAOM

alt

Masalliqlar:

O'rtacha kattalikdagi tarvuzning yarmi (4-5 kg)
1/2 stakan yogurt
1 ch. q. qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil
1/2 limon sharbati
bir chimdim tuz
pichoq uchida muskat yong'og'i kukuni
5-6 dona yalpiz bargi

Bezatish uchun:

Maydalangan yong'oq
Yalpiz yoki rayhon barglari
Suyuq asal

Tayyorlash usuli:

Masalliqlarni bir idishga solib, blender bilan yaxshilab ezing. Bir necha soatga, iloji bo'lsa ertalabgacha sovutgichga qo'yamiz.Ta'bga ko'ra asal, yong'oq va yalpiz barglari bilan bezatamiz.

TARVUZLI MUSS

alt

Masalliqlar:

250 ml yumshoq pishloq
250 ml smetana
250 ml tarvuz eti
250 ml ko'pirtirish uchun qaymoq
1 chimdim tuz
Ta'bga ko'ra shakar, qovoq pistasi, qora shokolad

Tayyorlash usuli:

Pishloq, smetana va tarvuz eini blenderda yaxshilab ezamiz. Tatib ko'ramiz, shirinligi yetmasa, ta'bga ko'ra shakar qo'shamiz. Qaymoqni qattiq cho'qqilar paydo bo'lgunga qdar yaxshilab ko'pirtiramiz, tuz qo'shamiz. Tarvuzli massa bilan ko'pirtirilgan qaymoqni asta-sekin aralashtiramiz. Tayyor mussni dasturxonga tortadigan idishlarimizga solib, 2-3 soatga ssovutgichga joylamiz. Didimizga ko'ra bezatamiz.

TARVUZLI TORT

alt

Masalliqlar:
5 kg tarvuz
2 1/2 stakan yog'li qaymoq
1/4 stakan shakar
vanilin
bezatish uchun yalpiz barglari

Tayyorlash usuli:

Tarvzni usti va ostini tekis qilib kesib olamiz. Ularni tashlab yubormang, hali kerak bo'ladi. Qolgan qismini po'stini artib, tort shakliga keltiramiz. Imkon qadar danaklarini olib tashlaymiz. Qaysoqni ko'pirtirib, asta-sekinlik bilan shakarni qo'shamiz va ko'pirtirishda davom etamiz. Oxirida vanilin qo'shamiz va yana 5 daqiqa ko'pirtiramiz. Tarvuzni laganga qo'yib qog'oz sochiq yordamida ortiqcha sharbatini olib, sal qurititb olamiz. Ko'pirtirilgan qaymoq bilan qoplaymiz. Kesib, olib qo'yilgan tarvuz bo'laklaridan maxsus qoshiq yordamida dumaloq shakllar kesib olamiz va tortimizni ustini bezatish uchun foydalanamiz. Tortni didingizga ko'ra mevalar bilan ham bezatishingiz mumkin.

Manba: myday.uz

loading...