Namanganda kichik kelin katta kelinni bir ko'zidan mahrum qildi

0

Namanganda bir oilada maishiy mojaro tufayli kichik kelin kattasiga og'ir tan jarohati yetkazdi. Ovsinlar jangi natijasida ayollardan biri ko'zidan mahrum bo'ldi.

Xabarda aytilishicha, 24 yoshli kichik kelin 29 yashar kelin o'rtasidagi janjal hamma uydaligida, kechki vaqt yuz bergan.

Mojaro davomida katta kelin kichik kelinning nafsoniyatiga tegadigan gaplar aytib, uyiga kirib ketgan. Haqoratlangan kichik kelin uning ortidan borib, uyiga (tanballangan) eshik orqali kira olmagach, derazadan kirishga uringan. Deraza oynasini sindirib, katta kelinning sochidan tortayotgan mahalda katta kelinning ko'zi qonab ketgan.

Natijada, katta kelinda o'ng ko'z olmasi va quloqlarini teshib o'tgan jarohat aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Sputniknews-uz.com

loading...