«Bravo» kulgi jamoasining yaqinda uylangan a'zosi Ahmad Temurov jarimaga tortildi. U to'yiga belgilanganidan ancha ko'p odam chaqirgan ekan…

0

Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma'lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ko'pchilik qatnashgan to'y videosi tarqamoqda. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB mas'ul xodimlari tomonidan o'rganildi. Mazkur video 9 sentyabr kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida olingan bo'lib, u yerga 29 yoshli Ahmadjon T. kuyov sifatida o'rtoqlari bilan kelgan. Bundan tashqari, Ahmadjon T. to'yini Shayxontohur tumanidagi uyida tashkillashtirgan va to'yga 40 nafardan oshiq mehmonlar kelishgan.

Mazkur fakt asosida O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 54-moddasi (“Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish”) bo'yicha ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hurmatli fuqarolar! Karantin cheklovlarining yumshatilishi koronavirus infeksiyasi yo'qolganidan darak bermaydi. Sizdan quyidagi sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilishingizni so'raymiz: jamoat joylarida tibbiy niqob taqib yurish zarur, shuningdek ijtimoiy masofa saqlash muhimdir, to'y tadbirlarini 30 kishi ishtirokida o'tkazish lozim. O'zingizni va yaqinlaringizni asrang, salomat bo'ling.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

loading...