MIB rasmiy bayonoti: Hech bir xodim oyliksiz ishlayotgani yo'q, sobiq xodimlarning oyligi esa hisob-kitob qilinmoqda

0

Joriy yilning 17 sentyabr kuni Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bosh prokuratura huzuridagi MIB xodimlari oyliksiz ishlayapmiz” degan mazmunda xabar tarqatildi.
Mazkur xabarda Byuroning Jizzax va Toshkent viloyat boshqarmalari tizimida ishlagan sobiq xodimlarning oylik ish haqi olmasdan ishlayotgani bayon etilgan.
Ma'lumki, joriy yilning 18 iyun kuni Prezidentning “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takolmillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6010-sonli Farmoniga asosan, Byuro organlarida xodimlarning shtat birliklari soni o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi nazarda tutilgan.

Xabardagi Jizzax viloyat boshqarmasidagi bo'yicha o'rganishda, boshqarma tizimidan 222 nafar xodimlar bo'shatilgan bo'lib, ushbu tegishli xodimlar mehnat qonunchiligiga asosan yozma ravishda ogohlantirilgan hamda 192 nafariga jami 473 mln. 406 ming 386 so'm kompensatsiya to'lovlari to'liq to'lab berilgan.

Joriy yilning 16 sentyabr kuni Byuroning Sharof Rashidov tuman bo'limida boshqarma rahbariyati ishtirokida yig'ilish o'tkazilgan bo'lib, unda hozirgi pandemiya va karantin davrida yakuniy hisob-kitob ishlarining biroz kechikayotganligi, xodimlarning sabrli bo'lishi lozimligi va har bir xodimlarning faoliyati doimiy e'tiborda bo'lib, ishlashi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratib berilishi haqida tushuntirish berilgan.

Xuddi shuningdek, 17.09.2020 yil kuni boshqarma katta inspektori H.Ismatov o'zini jurnalist Shuhrat Bobojonov deb tanishtirgan fuqaroga xodimlarning asossiz bo'shatilmagani va xizatda bo'lgan xodimlarga ish haqlari berilishi haqida ma'lumot bergan.

Boshqarma timizidagi bo'shatilgan xodimlarning yakuniy hisob-kitob ishlari yuzasidan boshqarmada ishchi guruh tuzilgan bo'lib, pul mablag'larini to'liq hisoblagan holda, to'lab berilishi ta'minlanadi.

Mazkur xabardagi Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasidagi holat bo'yicha, bo'shatilgan jami 477 nafar xodimlarga 1 mlrd. 161 mln. 639 ming so'm pul mablag'lari to'liq to'lab berilgan, 4 mlrd. 613 mln. 353 ming so'mlik yakuniy hisob-kitob mablag'lari navbatdagi bosqichda amalga oshiriladi.

Shu kabi, xabarda keltirib o'tilgan Byuroning Toshkent tuman bo'limining sobiq xodimlariga ham kompensatsiya pullari to'lab berilgan va qolgan ish haqi va unga tenglashtirilgan kafolatli to'lovlari to'lab beriladi.

Mazkur masalasi bo'yicha murojaatlarga muqaddam ham bir necha bor tushuntirish berilgan.

Majburiy ijro byurosining markaziy apparati mas'ul xodimlari – bu kabi masalalar qolaversa, mehnat qonunchiligiga amal qilinishi, ish haqi va boshqa to'lovlarning to'lanishi masalalar bo'yicha – Majburiy ijro byurosining markaziy apparati mas'ul xodimlari murojaatlarni qabul qilish hamda tushuntirish berishga tayyor ekanini bildirib qoladi.

Murojaat uchun telefon raqamlari: 71-207-11-72, 71-207-11-98.

Majburiy ijro byurosi

loading...