Itlar ham koronavirusga chalinmoqdami?

0

Iordaniyada it koronavirusga chalingani aniqlandi. Bunday holat Iordaniyada ilk bor qayd etildi. Juma kuni rasmiy Iordaniya axborot agentligi bu ma'lumotni tasdiqlagan.

Ushbu itning egasi Al-Ramsa hududida yashovchi xorijlik investor bo'lib, u o'zining uy hayvonini samolyot orqali xotiniga jo'natmoqchi edi. Lekin, parvozdan oldingi tekshiruvlarda it koronavirusni yuqtirib olgani aniqlangan.

Iordaniyadagi Epidemiyalarga qarshi Milliy qo'mitaning matbuot kotibi doktor Nazir Obeydatning aytishicha, COVID-19 ga chalingan itlar va boshqa hayvonlar bu kasallikni odamlarga tashuvchi asosiy manba emas. Shunga qaramay, hukumat ehtiyot chorasi sifatida xorijlik investorning uyini izolyatsiyaga olgan. Uy egasi va uning qo'shnisi o'zlarining test natijalari chiqquncha karantinga olindilar.

Iordaniyada koronavirus ilk bor mart oyida aniqlangandi. Bu mamlakatda 17 sentyabrda koronavirus bilan kasallanish bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich qayd etilib, 279 kishining mazkur infeksiyani yuqtirib olgani aniqlangan. 17 sentyabr holatiga ko'ra Iordaniyada jami bo'lib 4131 kishiga koronavirus tashxisi qo'yilgan va ularning 26 nafari vafot etgan.

tarjumon.uz

loading...