Bosh vazir o'rinbosari O'ktam Barnoyev koronavirusdan vafot etdi (Video)

0

Buxoro viloyati sobiq hokimi, Bosh vazir o'rinbosari O'ktam Barnoyev vafot etdi. Bu haqda SAFARI va davletovuz telegram kanallari xabar bermoqda.

“Bosh vazir o'rinbosari, Buxoro viloyati sobiq hokimi O'ktam Barnoyev koronavirusdan vafot etganligi haqida xabar qilinmoqda. Buxoroda ta'ziya marosimi bo'yicha ishlar boshlanganligi aytilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Ma'lumot  o'rnida: O'ktam Barnoyev 1964 yilda Buxoro viloyatida tug'ilgan, 1986 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. 1997–2000 yillarda Buxoro viloyati Qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasi boshlig'ining iqtisodiyot va islohotlar masalalari bo'yicha o'rinbosari sifatida ishlagan. 2000–2002 yillarda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tizimida rahbar lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2002–2004 yillarda Vazirlar Mahkamasining agrosanoat majmuasida yetakchi mutaxassis, 2004–2005 yillarda hukumatning Qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha axborot-tahlil departamenti mudiri, 2005–2007 yillarda Qishloq va suv xo'jaligi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va xalq iste'moli mahsulotlari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida ishlagan.

2007–2008 yillarda Qishloq va suv xo'jaligi vaziri birinchi o'rinbosari bo'lgan, 2008 yilning aprelidan 2010 yilning dekabrigacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan, 2011–2016 yillarda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining Respublika suv inspeksiyasi boshlig'i, 2016 yilda «O'zagrokimyo» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

U 2016 yilning dekabridan 2020 yil fevraligacha Buxoro viloyatiga hokimlik qilgan, 2020 yil fevralida bosh vazir o'rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

loading...