ShAYTONGA O'XShAGANLAR

0

Bir paytlar shayton vaqti-vaqti bilan odamlar ko'ziga ko'rinib turar edi. Shunday kunlarning birida odam undan so'radi:
-Ey shayton, nima qilsam sen kabi bo'la olaman?
Shayton bu savoldan hayron qolib:
-Voy bo'lsin senga! Shu kungacha hech kim mendan bunaqa savol so'ramagan edi. Senga nima bo'ldiki, menga o'xshashni xohlab qolding?,- dedi.

Odam holi-joniga qo'ymay so'rayvergach, shayton:
-Chindan ham menga o'xshashni istasang, namozni zoe qil! Yolg'onmi, rostmi tekshirib ko'rmasdan qasam ichaver.

Odam shaytondan bu javobni olgach:
-Allohga qasamki, bundan keyin hech qaysi namozimni tark etmayman va rostmi, yolg'onmi tekshirib ko'rmasdan guvohlik bermayman!

Odamga aldanganini bilgan shayton:
-Sendan boshqa hech kim meni aldab ma'lumot olmagan edi. Men ham so'z beramanki, bundan keyin hech bir odam bolasiga nasihat qilmayman.

Turk tilidan Fatima Aliy tarjimasi

loading...
(yaads = window.yaads || []).push({ id: "398094-7", render: "#id-398094-7" });