Qo'shma Shtatlarda toriyga asoslangan yangi xavfsiz yadro yoqilg'isi ishlab chiqarildi

0

AQSh Energetika vazirligi huzuridagi Aydaho milliy laboratoriyasi Texas A&M universiteti va Clean Core Thorium Energy bilan birgalikda atom elektr stansiyalarida yoqilg'ining yangi turini joriy etish bo'yicha ishlarni boshladi. U ANEEL (Advanced Nuclear Energy for Enriched Life) nomini oldi va u uran emas, balki zararsiz toriyadan iboratligi bilan ajralib turadi.

Texnologiya patentlangan, barcha tafsilotlar maxfviylashtirilgan, ammo amerikaliklar barcha manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik o'rnatishga va'da berishmoqda.

Toriy zaif radioaktiv metall bo'lganligi sababli, u o'z-o'zidan yemirilmaydi, shuning uchun zanjirli reaksiyani boshlash uchun unga birozgina uran qo'shish kerak bo'ladi. Ammo bu reaktorga yuklangan yoqilg'ining umumiy hajmiga nisbatan kam talab qilinadi – de-fakto, unda aynan toriy yonib ketadi. Unda uranga qaraganda yuqori erish temperaturasi mavjud, ammo ishchi harorati pastroq. Bu degani, yonilg'i xavfsiz ravishda faol zonada uzoqroq yonishi mumkin.

ANEEL dagi ishlab chiqaruvchilarining fikriga ko'ra, unga o'tishda radioaktiv chiqindilar miqdori 80 foizga kamayadi. Albatta, reaktorning o'zi va tegishli tarkibiy qismlarini qayta tiklash kerak bo'ladi va ayni paytda Clean Core Thorium Energy muhandislari shu bilan bandlar. Ammo bunday reaktorni boshqarish osonroq, u uranga qaraganda xavfsizroq va ishonchliroqdir. Kompaniyadagilar 2024 yilgacha ANEEL uchun birinchi reaktorni yaratishni va'da qilishmoqda.

Biroq, yangi yoqilg'ining asosiy ahamiyati texnik jihatida emas, balki iqtisodiy kengligida bo'lmoqda. Amerikalik energetiklar o'z uraniga ega bo'lmagan, ammo dunyo zaxiralarining 32% bo'lgan, deyarli 300 ming tonna toriy monazit qumlari to'plangan Hindistongan asosiy e'tiborni qaratishmoqda. Hindlar toriy reaktorlari bilan bir necha yillar davomida turli xil muvaffaqiyatlar bilan tajribalar o'tkazib kelmoqdalar va amerikaliklar ularga rad etolmaydigan darajadagi taklif bilan murojaat qilishlariga umid qilishmoqda.

loading...