Quvayt amiri Saboh IV vafot etdi

0

Quvayt amiri Saboh al-Ahmad as-Saboh yoki Saboh IV AQShda 91 yoshida vafot etdi.

Bu haqda “al-Arabiya” nashri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, amir Qo'shma Shtatlarda iyul oyi oxiridan buyon davolanib kelayotgan bo'lgan.

Quvaytni 2006 yildan beri boshqarib kelgan Saboh IV bungacha bosh vazir bo'lib ishlagan va bir necha o'n yillar davomida mamlakatning tashqi siyosat bo'limini boshqargan

loading...