Aktrisa Aziza Yoqubova ikkinchi marta turmushga chiqdi (video)

0

Bir necha serial va kinofilmlardagi obrazlari bilan tanilgan yosh aktrisa Aziza Yoqubova 29 sentyabr kuni turmushga chiqdi. Poytaxtdagi restoranlardan birida o'tgan to'yda ko'plab shou-biznes vakillari mehmon bo'ldi, deb xabar berdi «Daryo.uz».

Ikkinchi marta turmushga chiqqan aktrisa turmushi bo'lmagan ayollarga murojaat qilib, «Go'zal sabr ortida chiroyli baxt bo'ladi, shunday ekan, hech qachon umidsizlikka tushmang, sizga o'zimdan ham chiroyliroq baxt tilayman», — deydi.

Aziza Yoqubovaning 6 yoshli Yasmina ismli qiz farzandi bor. Yasmina «Jurnalist» serialida rol ijro etgan.

loading...