«Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov “Tambov” klubiga o'tdi

0

Moskvaning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov “Tambov” klubiga o'tdi.

“Jaloliddinovni sotib olish shartisiz mavsum yakuniga qadar ijaraga olayapmiz. “Lokomotiv” bilan kelishuvga erishib bo'ldik.

Unga ko'ra, o'zbekistonlik futbolchining maoshini “Lokomotiv” klubi to'lashda davom etadi”, – deydi “Tambov” klubi sport direktori Pavel Xudyakov.

Ma'lumot uchun, Jasur Jaloliddinov yozda “Bunyodkor”dan “Lokomotiv” klubiga o'tgandi. Moskva klubi 18 yoshli o'zbekistonlik yarimhimoyachi uchun jami 1 million yevro transfer xarajat qilgan.

loading...