O'rtachirchiqda YPX otryadi komandiriga 350 dollar pora taklif qilgan shaxs qo'lga olindi

0

Joriy yilning 15 oktyabr kuni Toshkent viloyatining O'rtachirchiq tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori, safdor J.Ilxomov VAZ-2106 rusumli transport vositasining haydovchisi xavfsizlik kamarini taqmasdan kelayotgani uchun to'xtatadi. Tekshiruv jarayonida haydovchi spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda transport boshqarayotganligi ma'lum bo'ladi. Inspektor unga nisbatan tegishli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani vaqtinchalik jarima maydoniga qo'yadi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Bu qoidabuzarlik uchun katta miqdorda jarima to'lashini, haydovchilik huquqidan mahrum etilishini bilgan haydovchi muammo yechimining noqonuniy yo'llarini izlashni boshlaydi va aybini pora evaziga berkitmoqchi bo'ladi. Shu maqsadda Toshkent viloyati IIBB YHXBning 3-mintaqaviy hudud yo'l patrul xizmati otryadining komandiri katta leytinant F.Musayevga murojaat qiladi.

Komandirning bu holat qonunga zidligini tushuntirishiga qaramasdan haydovchi o'z fikrida qat'iy turib oladi. Shundan so'ng katta leytinant F.Musayevning tegishli tartibdagi bildirgisi asosida O'zbekiston Respublikasi IIV O'XB Toshkent viloyati bo'yicha bo'limi hamda DYHXX xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o'tkazilib, fuqaro A.R otryad komandiriga bir million to'rt yuz ming so'm va 210 AQSh dollarini pora sifatida berayotgan vaqtda holislar ishtirokida qo'lga olingan.

Mazkur xolat yuzasidan Piskent tuman prokuraturasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Shu o'rinda harakat ishtirokchilaridan avvalo yo'l harakati qoidalariga rioya etishlarini, har qanday holatda ham aybni yashirish uchun noqonuniy hatti-harakat sodir etmasliklarini so'rab qolamiz!

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here