Uychida qimmatbaho metall parchalarini sotishga uringan firibgarlar ushlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tuman bo'limi tomonidan tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar S.J. va B.K.lar noqonuniy daromad orttirishni ko'zlab oldindan til biriktirib, fuqaro B.O.ga umumiy vazni 266,48 gramm bo'lgan uch dona “Plat” deb nomlangan metallni firibgarlik yo'li bilan o'tkazish maqsadida, ushbu metall qimmatbaho ekanligiga ishontirib, har bir grammini 900 ming so'mdan hisoblab, 25 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan, 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Ekspertiza xulosasiga ko'ra, qonunbuzarlardan olingan uch dona qizg'ish rangli quyma metall bo'laklari tarkibida qimmatbaho metallar mavjud emasligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.J. va B.K.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168˗moddasi 4˗qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

darakchi.uz

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here