Buzg'unchilar tipirchilab qolishdi!

0

Xorijiy OAV xabarlariga qaraganda, Fransiya hukumati, xususan, prezident Makron tipirchilab qolgan. Sababi, musulmon davlatlari (ayniqcha Yaqin Sharq davlatlari) ushbu Yevropa mamlakatining hamma mahsulotlariga nisbatan boykot e'lon qilgan. Va u dastlabki kundanoq mevasini bergan hamda Fransiya iqtisodiga sezilarli ta'sir o'tkazgan.

Yurtimizda ham, alohida shaxslar Fransiyaga tegishli mahsulotlarni sotib olmaslikka qaror qilishgani internetda tarqaldi. Albatta, ular yuz foiz haq. Agar ularning saflariga boshqalar ham qo'shilsa, buzg'unchilikning boshi bo'lib turgan Fransiyaga (bo'lmag'ur modalar, tuturiqsiz qarorlar, nomini tilga olishga ham odam jirkanadigan ishlar) yaxshigina tarsaki bo'lar edi. Bunga til o'rgatish markazlari ham qo'shilishsa, nur ustiga a'lo nur… Iqtisodchilar va yoki biluvchilar aynan qaysi mahsulotlar fransuz firmalariga tegishli ekanliklarini e'lon qilishsa, zo'r ish bo'lardi.

loading...