Japarov Qirg'iziston prezidenti saylovlarida nomzodini ilgari suradi

0

Qirg'iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Sadir Japarov davlat rahbari lavozimiga o'z nomzodini ilgari surishini ma'lum qildi.

Japarovning so'zlariga ko'ra, buning uchun u dekabrda iste'foga chiqishni rejalashtirmoqda.

“Men boshqalar qatori saylovlarda ishtirok etaman. Agar g'alaba qozonsam prezident bo'laman, bo'lmasa barcha kabi oddiy fuqaro bo'laman”, – dedi Japarov. Uning so'zlaridan Sputnik Qirg'iziston iqtibos keltirgan.

Qirg'izistonda muddatidan avvalgi prezident saylovlari 2021 yil 10 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Mamlakat Konstitutsiyasiga binoan prezident v.b. o'z nomzodini ilgari surish huquqiga ega emas.

Sputniknews-uz.com

loading...