O'zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva og'ir ahvolda shifoxonaning jonlantirish bo'limiga yotqizildi

0

O'zbekiston xalq artisti Shafoatxon Rahmatullayeva og'ir ahvolda Farg'ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining jonlantirish bo'limiga yotqizilgan. Taniqli aktrisaga o'tkir pnevmoniya tashxisi qo'yilgan, deb xabar berdi «Daryo.uz».

Jurnalist Nargiza Murodova aktrisadan hol-ahvol so'rash maqsadida u bilan bog'landi.

«Shukrki, ahvolim ancha yaxshilandi. Shifokorlar yaxshi qarashyapti. Ozgina og'riq bor, ammo tezda sog'ayib ketishimga umidim bor», — deydi aktrisa.

Eslatib o'tamiz, aktrisa 1941 yil Farg'ona viloyatida tavallud topgan. Shu kungacha viloyat teatrida ishlash bilan birga «Mehrobdan chayon», «Oq bino oqshomlari», «Sevginator», «O'zimdan o'zimgacha» va «Sehrli qalpoqcha» filmlarida esda qolarli obrazlarni gavdalantirgan.

loading...