Norvegiyada karantin choralari kuchaytiriladi

0

Norvegiyada koronavirus epidemiyasi bilan bog'liq vaziyat chuqurlashishi tufayli karantin choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Evroittifoq tomonidan qizil hududga kiritilgan Yevropa davlatlarining Norvegiyada ishlayotgan fuqarolari 31 oktyabrdan keyin Norvegiyaga keladigan bo'lsa, o'n kunlik karantindan o'tishi kerak bo'ladi.

Shuningdek, 28 oktyabrdan norvegiyaliklarga besh nafardan ortiq mehmon chaqirish taqiqlandi, jamoat joylariga tashrif buyuruvchilar soni esa 50 kishidan oshmasligi kerak. Bungacha ushbu limit 200 kishidan iborat edi.

Eslatib o'tamiz, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 43 million kishidan oshdi. Kasallikka chalinish holatlari bo'yicha AQSh hamon yetakchilik qilmoqda — mamlakatda 8,63 million kishida COVID-19 tasdiqlangan. Hindiston 7,90 million ko'rsatkich bilan ikkinchi, Braziliya esa  5,39 million ko'rsatkich bilan uchinchi o'rinda. Undan keyingi pog'onalarni Rossiya (1,52 million) va Fransiya (1,18 million) egallagan.

Avvalroq Norvegiyada koronavirusning mutatsiyalashgan noma'lum shakli aniqlangani xabar berilgan edi.

Shuningdek, Norvegiya hukumati o'z fuqarolariga koronavirusga qarshi vaksinani bepul tarqatishini ma'lum qildi.

loading...