Jizzaxda “Vaz-2106” katta tezlikda eshak aravaga borib urildi. Qurbonlar bor

0

2020 yil 27 oktyabr kuni soat 19-50larda Zarbdor tumani hududidan o'tuvchi 4R-196 “Yangier-Dashtobod” avtomobil yo'lining 35 kilometrida 1999 yilda tug'ilgan fuqaro B.P “Vaz-2106” rusumli transport vositasini katta tezlikda boshqarib borayotib, yo'lning o'ng tomonidan harakatlanib kelayotgan eshak aravaning orqa tomonidan urib yuborib yo'l-transport hodisasi sodir etgan.

IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko'ra, YTH natijasida eshak aravada bo'lgan 1958 yilda tug'ilgan X.E hamda 1998 yilda tug'ilgan A.P lar turli darajadagi tan jarohatlarini olib Zomin tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va ko'rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etishgan.

Hozirda maskur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...