O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ogohlantiradi

0

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarning o'zbek segmentida turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot g'oyalarni targ'ib qiluvchi ma'lumotlar tarqalmoqda.

Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot bo'lgan g'oyalarni targ'ib qiluvchi ma'lumotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-modda (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo'zg'atish), 244 prim 3-modda (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) larida belgilangan javobgarlikka tortilishiga sabab bo'lishi haqida ogohlantiramiz.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini (jurnalist, bloger va fuqarolar) omma e'tiboriga havola qilinayotgan ma'lumotlarni avvalo qonunga xilof emasligini o'rganib chiqishingizni so'raymiz.

IIV Axborot xizmati

loading...