Hindistonda timsoh 15 yashar qizchani o'ldirdi

0

Hindistonning Gujarat shtatida timsoh 15 yoshli qizchani o'ldirdi. Bu haqda The Indian Express xabar bermoqda.

Fojia Gir o'rmonida joylashgan qishloq yaqinidagi daryoda qiz idish yuvayotganida sodir bo'lgan. Boshqa bir ayolning ko'z o'ngida yirtqich qizni suv ostiga sudrab ketdi. Ayol qizni qutqara olmagan. Marhumning jasadi bir necha soatdan keyin topilgan.

Qishloqda qadim zamonlardan beri Gir o'rmonida mol boqadigan Maldari xalqi yashaydi. Suv ta'minoti mavjud bo'lsa-da, mahalliy ayollar daryoda idish yuvish odatiga amal qilishlari kerak.

Hokimiyat hodisa joyida timsohlar uchun tuzoqlarni o'rnatdi. Agar timsoh qo'lga olinsa, u uzoq joyga olib boriladi va qo'yib yuboriladi.

loading...