Ilon Mask koronavirusga topshirgan to'rtta testining natijalari bir-biriga zid chiqqanini ma'lum qildi

0

SpaceX va Tesla bosh direktori Ilon Mask koronavirus infeksiyasiga bir kunda topshirgan testlarning ikkitasi ijobiy va yana ikkitasi salbiy chiqqanini ma'lum qildi. Bu haqda u o'zining Twitter’dagi sahifasiga yozgan.

«Bugun COVID-19’ga to'rt marotaba test topshirdim. Ikkitasi salbiy natija chiqardi, ikkitasi — ijobiy», — deydi tadbirkor.

Uning ta'kidlashicha, testlarning barchasi BD (Becton, Dickinson and Company) kompaniyasiga tegishli ekspress-testlar bo'lgan, hammasini bitta hamshira olgan. Sodir bo'layotgan holatni Mask safsata deb atadi.

E'lon qilgan postining ostiga Mask boshqa laboratoriyada PZR-test topshirishga qaror qilganini yozgan. Ularning natijasi 24 soatdan keyin ma'lum bo'ladi. Shuningdek, Maskning qo'shimcha qilishicha, ayni vaqtda unda oddiy shamollash alomatlari kuzatilmoqda.

loading...