Sony PlayStation 5’ning barcha zaxiralari bir kunda sotib bo'lindi

0

2 noyabr kuni AQSh, Yaponiya, Kanada, Meksika, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreyada yangi avlod PlayStation 5 o'yin konsolining savdolari boshlandi. Ma'lumotlarga ko'ra, qurilmaning start partiyasini barchasi sotib bo'lingan, deb xabar beradi IXBT.

Tahlilchilarning ma'lum qilishicha, koronavirus pandemiyasi oldingidek butun dunyo bo'ylab o'yin konsollari va ular uchun mo'ljallangan o'yinlarga bo'lgan talabning ortishiga sabab bo'lmoqda. Sony kompaniyasining PlayStation 5 savdolarini faqat internet orqali sotish borasidagi qarori odamlarning bir joyda to'planmasligi, uyda qolishlari va onlayn xaridlarni amalga oshirishlari bilan izohlanmoqda.

Narxi 500 va 400 dollarni (optik uzatmasiz) tashkil etayotgan PlayStation 5 bir necha soat ichida Yaponiyadagi asosiy onlayn savdo platformalari orqali sotib bo'lingan. Ayrim do'konlar konsollarni xarid qilish istagida bo'lgan talabgorlar orasida lotereya ham o'tkazgan. Yaponiyaning mashhur Mercari maydonchasida PlayStation 5 narxi 900 dollardan qimmat bo'lishiga qaramay, baribir sotilgan.

Mutaxassislar Sony va shu haftada yangi Xbox’ni taqdim etgan Microsoft’ga tegishli o'yin konsollari yetishmovchiligini prognoz qilmoqda. Taxminlarga ko'ra, bu kabi qurilmalar tanqisligi keyingi yilga qadar davom etadi.

Sony kompaniyasi 11 iyun kuni o'tkazilgan onlayn-taqdimot vaqtida PlayStation 5 yangi avlodining dizaynini namoyish etgandi.

loading...