Efiopiyada jangarilarning avtobusga hujumi natijasida 30 dan ortiq odam halok bo'ldi

0

Efiopiyaning Benishangul-Gumuz mintaqasida jangarilarning yo'lovchi avtobusiga qilgan hujumi natijasida 34 kishi halok bo'ldi.

Bu haqda Sinxua agentligi ma'lum qildi.

«Efiopiyaning shimoli-g'arbiy qismida joylashgan Benishangul-Gumuz hududida tunda sodir bo'lgan yo'lovchi avtobusiga noma'lum qurollangan shaxslar tomonidan qilingan hujum natijasida kamida 34 kishi halok bo'ldi», deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, mamlakat hukumati jangarilarga qarshi kurashish uchun xavfsizlik xodimlaridan iborat guruhlar yuborgan. Hujum tafsilotlari haqida to'liq ma'lumot berilmagan.

Qayd etilishicha, bunday hodisalar mamlakat hukumati kuchlari hamda Tigray mintaqasi o'rtasidagi harbiy qarama-qarshiliklar sharoitida tez-tez uchrab turadi.

«So'nggi hujum biz birgalikda ko'targan qurbonlar sonining oshishiga sababchi bo'lgan dahshatli qo'shimcha bo'ldi», – dedi inson huquqlari bo'yicha hukumat komissiyasi rahbari Daniel Bekele o'z bayonotida mintaqaviy hamda federal hokimiyatni Benishangul-Gumuz bo'yicha strategiyani birgalikda ishlab chiqishga chaqirgan holda.

Zero, ma'lum qilinishicha, mintaqada jangarilar hujumlari «to'xtovsiz sur'atlarda» o'sib bormoqda.

Hukumat ma'lumotlariga ko'ra, jangarilar birgina sentyabr oyida shu mintaqada kamida 45 kishining hayotiga zomin bo'lishgan.

loading...