«Bu qo'rqinchli tushga o'xshaydi, ammo tush emas… Ahmoqona hazil ham emas…»

0

Gohida eshitib qolamiz…

«…men boshi berk ko'chadaman…»

«…menda xech qanday imkoniyat yo'q…»

«…mening ilojim yo'q, ilojsiz holda qoldim…»

…Yoshi 30 lar chamasidagi erkak ikki yosh farzandini mahkam quchoqlab, ko'zlaridan yosh to'xtamay quyilardi va o'ylardi…

“…Nahot bugun ayolim vafot etganiga 40 kun bo'ldi… Nahot endi u rostdan qaytib kelmaydi…

…Bu qo'rqinchli tushga o'xshaydi, ammo tush emas… Ahmoqona hazil ham emas…

Bu men tan olgim kelmayotgan haqiqatdir…

…Ey voh!.. Ikki shirin-shakar farzandim har gal «ONAJON» deganda yuragim parcha-parcha bo'laveradi-ku… Men qanday chidayman bu azobga?.. Farzandlarim sevikli ayolimni har on menga eslatib turishadi, sog'inch qalbimni o'rtab yuradi… Ey ALLOH, o'zing menga sabr ber!..”

…Mana bu erkakning taqdiri haqiqatan ayanchli… Allohning irodasi bilan juda kuchli sinov qarshisida turibdi. U hech narsani o'zgartira olmaydi…

…Siz-chi?.. O'z holidan noliyotgan dindoshim!..

O'zingizga o'zingiz muammo o'ylab topasiz…

“…uyda xarajat yo'q…”

“…ob-havo yomon keldi…”

“…ishim yurishmayapti…”

“…pulim yo'q…”

“…mashinam buzuq…”

“…sevgilim tashlab ketdi…”

“…ayriliq qiynavordi…” emish…

Uyg'oning, sizda ming imkoniyat bor!..

Niginabonu Ahmedova

loading...