Britaniya va amerikalik shifokorlar COVID-19’ning dastlabki to'rtta alomatini ma'lum qildi

0

Buyuk Britaniya va AQSh shifokorlari koronavirusga chalinishning dastlabki bosqichida paydo bo'ladigan to'rtta keng tarqalgan simptomlarni ma'lum qildi. Bu haqda Express nashriga tayanib, «RBK» xabar bermoqda.

Alberta universiteti olimi Mitch Uilsonning aytishicha, koronavirusga chalingan deyarli har beshinchi bemor ovqat hazm qilish bilan bog'liq muammoga duch keladi. Gastroenterologik simptomlarga ishtaha yo'qolishi, ko'ngil aynishi, qayt qilish va qorin og'rig'i kiradi. Uilson, shu bilan birga, bunday alomatlar boshqa kasalliklar uchun ham xos ekanligini ta'kidlab o'tgan.

Amerika Oftalmologiya akademiyasida koronavirusning yana bir belgisi kon'yunktivit ekanligi, ammo bu alomat kamdan kam, taxminan, 3 foiz hollarda uchrashi aytildi.

London Imperial kolleji olimlarining ta'kidlashicha, parishonxotirlik ham infeksiya alomatidir. Ularning fikricha, ushbu sindrom sog'aygandan keyin bir necha oygacha davom etishi mumkin.

Dublin shahridagi Triniti kolleji olimlari charchoqni ham dastlabki alomatlardan biri deb atadi. Ular ushbu alomat taxminan har ikkinchi bemorda uchrashi va 10 haftagacha davom etishi mumkinligini aniqladi.

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here